09:48 / 06.09.2023
6956

AQSh KXDRni Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berishning «oqibati» haqida ogohlantirdi

Vashington Pxenyanni o‘z majburiyatlarini bajarishga va Rossiyaga qurol yetkazib bermaslikka chaqirdi.

Foto: RBK

Vashington Pxenyanga Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol yetkazib bersa, «oqibatlar» bilan tahdid qilmoqda. Shimoliy Koreya xalqaro hamjamiyat doirasida «buning uchun katta narx to‘laydi», deya ma’lum qildi 5 sentabr, seshanba kuni AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan. Amerika rasmiysiga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha davlatlar rahbarlari darajasida muzokaralar davom etishini kutmoqda.

Avvalroq New York Times gazetasi Kim Vladimir Putin bilan qurol-yarog‘ kelishuvini muhokama qilish uchun sentabr oyida Rossiyaga borishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Nashrning yozishicha, uchrashuv Vladivostokda bo‘lib o‘tishi, u yerga Shimoliy Koreya yetakchisi zirhli poyezdda kelishi mumkin. Kreml bu xabarlarga izoh bermadi. 

Jyeyk Sallivanning eslatishicha, Rossiya mudofaa sanoati Ukrainaga qarshi urushda armiya ehtiyojlarini qondira olmagani uchun Kreml xorijdan o‘q-dorilar sotib olish yo‘llarini qidirmoqda. «Biz Shimoliy Koreyani o‘z majburiyatlarini bajarishga va Rossiyaga qurol yetkazib bermaslikka chaqirishda davom etamiz», — dedi u. 

Top