12:00 / 06.09.2023
5224

Qozog‘iston kartoshkasining O‘zbekistonga eksporti 14 barobar oshdi

O‘zbekistonlik fermerlar qo‘shni davlatga piyoz va ildizmevali o‘simliklarning asosiy yetkazib beruvchisiga aylandi.

Qozog‘iston O‘zbekistonga bir necha turdagi sabzavot yetkazib berishni sezilarli darajada oshirdi, deb xabar beradi LS portali Qozog‘iston Statistika byurosi va Davlat daromadlari qo‘mitasiga tayanib.

Shu tariqa, birinchi yarim yillikda kartoshka eksporti 14,5 baravarga oshib, 103,7 ming tonnaga yetdi, undan tushgan tushum esa 7,9 million dollarni tashkil etdi. Piyoz yetkazib berish esa o‘n ikki baravarga oshib, 36,1 ming tonnaga yetdi. 

O‘zbekiston bozori qo‘shni davlatdan bu ikki mahsulot eksport qiluvchilar uchun asosiy bozorga aylandi. Kartoshka yetkazib berishning 95,4 foizi (108,7 ming tonna) va piyozning deyarli 60 foizi (60,3 ming tonna) uning hissasiga to‘g‘ri keldi. 

O‘z navbatida, o‘zbekistonlik fermerlar Qozog‘istonga import qilinadigan piyoz va sarimsoqning asosiy yetkazib beruvchisiga aylandi. Yanvar-iyun oylarida u 131,5 ming tonnani tashkil etdi yoki o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga ko‘paydi. 

O‘zbekiston Qozog‘iston bozoriga 38,5 ming tonna karam yoki ushbu mahsulot importining 92 foizini, shuningdek, 28,3 ming tonna ildizmevali o‘simliklar (sabzi, lavlagi, turp, sholg‘om) yoki importning 80 foizdan sal kamrog‘ini eksport qildi. Biroq o‘tgan yilga nisbatan yetkazib berish hajmi mos ravishda 2,4 barobar va 22 foizga kamaydi. 

Bundan tashqari, kartoshka yetkazib berish 1,5 baravarga oshib, 3,8 ming tonnani tashkil etdi, ammo importdagi kichik ulushdir. Boshqa tomondan, bodring eksporti (3 ming tonna) deyarli ikki baravar kamaydi, biroq u Qozog‘iston importining 40 foizdan ortig‘ini ta’minlaydi. 

Mavzuga oid
Top