10:17 / 07.09.2023
23423

Istanbulda otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Istanbulda jinoiy guruhlar o‘rtasidagi otishma natijasida O‘zbekiston fuqarosi og‘ir tan jarohati olib, vafot etdi. Uning jasadi Samarqand viloyatiga yuborilgan.

Foto: Habertürk

2 sentabr kuni Istanbulda ikki jinoiy guruh o‘rtasida sodir bo‘lgan otishma natijasida O‘zbekiston fuqarosi og‘ir tan jarohati oldi. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etdi, deb xabar qildi O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi.

Marhum - Samarqand shahrida tug‘ilgan N.Z. 46 yoshda bo‘lgan. Otishma paytida u yaqin joyda ishlagan, deyiladi xabarda.

Istanbul huquq-tartibot idoralari jinoyatda gumonlanuvchilarni qo‘lga oldi, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh konsullik marhumning jasadini tezkorlik bilan Samarqand viloyatiga jo‘natishda yordam bergan.

Top