Joriy yilning boshidan buyon IT Park 236ta kompaniyani rezidentlik maqomidan mahrum qilgan. Bunga sabab sifatida rezident kompaniyalarning o‘z majburiyatlarini bajarmagani keltirib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, IT Park rezidenti bo‘lish uchun kompaniyalar bir nechta talablarga rioya qilishlari kerak, ularning asosiylari quyidagilar:
- tasdiqlangan faoliyatlar ro‘yxati bo‘yicha ishlash;
- har chorakda bir marta faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etish;
- yilda bir marta audit o‘tkazish va xulosa nusxasini IT Park’ka yuborish.
IT Park rezidenti bo‘lish foydali hisoblandi, chunki bu yerda soliq imtiyozlari mavjud. Taqqoslash uchun:
Agar kamchiliklar tuzatilsa, rezidentlik maqomi qayta tiklanishi mumkin.