O‘zbekiston | 20:53 / 07.09.2023
29093
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar ma’lum bo‘ldi 

Qashqadaryo viloyati talabalikka tavsiya etilganlar soni, Buxoro viloyati salmog‘i bo‘yicha peshqadam. 

Foto: Kun.uz

2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim dargohlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. 

Bunda Qashqadaryo viloyati eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hudud bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich (doimiy yashash hududi bo‘yicha) bo‘yicha top-5 hudud quyidagilar:

- Qashqadaryo viloyati — 20 759 nafar;

- Samarqand viloyati — 20 421 nafar;

- Farg‘ona viloyati — 18 822 nafar;

- Toshkent viloyati — 15 347 nafar;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14 428 nafar. 

Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

- Buxoro viloyati — 28,32%;

- Navoiy viloyati — 24,03 %;

- Xorazm viloyati — 23,95 %;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,84 %;

- Toshkent shahri — 22,18 %. 

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha balli 99 ni tashkil etdi. Yuqori natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

- Buxoro viloyati — 107,3 ball;

- Toshkent shahri — 105,2 ball;

- Farg‘ona viloyati — 104,1 ball;

- Namangan viloyati — 101,2 ball;

- Xorazm viloyati — 100 ball. 

Mavzuga oid