Parijda Dmitriy Yanov-Yanovskiyning «Zij - Burjlar taronasi» asari jahon premerasi bo‘lib o‘tdi
Bastakor “Zij - Burjlar taronasi” asarini Sharqning to‘rt buyuk mutafakkiri: Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulug‘bek siymosiga hurmat tariqasida yaratgan.
YuNeSKO Bosh qarorgohida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, shu munosabat bilan atoqli bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy asarining jahon premerasi ham bo‘lib o‘tdi.
Bastakor “Zij - Burjlar taronasi” asarini Sharqning to‘rt buyuk mutafakkiri: Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulug‘bek siymosiga hurmat tariqasida yaratgan.
⠀
Alibek Kabdurahmonov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ijrosi san’at ixlosmandlarini O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosining yangi qirralari bilan tanishtirdi.
YuNeSKOning Parijdagi Bosh qarorgohida “Abu Rayhon Beruniy. Geografik va intellektual sayohatlar” ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma buyuk alloma tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan.
Tashrif buyuruvchilar vizual installyatsiyalar yordamida Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi, kashfiyot va izlanishlari haqida ma’lumot olishlari mumkin. Ekspozitsiyada allomaning Fransiya milliy kutubxonasi fondidan yig‘ilgan qo‘lyozmalariga alohida joy ajratilgan.
Mavzuga oid
13:48 / 05.12.2024
Rubob yasash butunjahon madaniy merosi deb e’tirof etildi
19:28 / 11.10.2024
Alfraganus universiteti YuNeSKOning 10-Ta’limda tadbirkorlik APEID Kengashi yig‘ilishiga mezbonlik qildi
19:25 / 26.09.2024
YuNeSKO O‘zbekistondagi G‘arbiy Tyan-Shan ekotizimiga xavf solayotgan tahdidlar haqida ogohlantirdi
12:51 / 24.06.2024