21:13 / 09.09.2023
21117

Osiyo Kubogi U-23 saralashi. O‘zbekiston Hongkongni 10:0 hisobida mag‘lub etdi, Eronda ham g‘alaba

Osiyo Kubogi U-23 saralashi doirasida Ye guruhida 2-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Tribuna.uz

Mezbon O‘zbekiston Hongkong darvozasiga 10 ta gol urdi. Husayn Norchayev va Ulug‘bek Hoshimov het-trikka erishdi. Abbos Fayzullayev, Alisher Odilov va Umarali Rahmonaliyev o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘yishdi. Shuningdek, yana bir gol Hojimat Erkinovning qanotdan bergan uzatmasidan keyin to‘p mehmonlar himoyachisiga tegib darvozaga kirishi orqali ro‘y berdi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Eron Afg‘oniston darvozasiga javobsiz 4 ta gol yo‘lladi. 

So‘nggi turda 12 sentabr kuni O‘zbekiston va Eron guruh g‘olibini aniqlashadi. Hozircha to‘plar nisbatiga ko‘ra Temur Kapadze jamoasi peshqadam bo‘lib turibdi.

1-turda O‘zbekiston Afg‘onistonni tor-mor etgan (8:1), Eron esa Hongkongdan yirik hisobda ustun kelgandi (3:0). 

Ma’lumot uchun, 11 ta guruhdan 1-o‘rin sohiblari va 2-o‘rin egalaridan eng yaxshi natija qayd etgan 4 ta jamoa qit’a chempionatiga yo‘l olishadi. 

Osiyo Kubogi U-23 saralashi. Ye guruhi
2-tur. 9 sentabr
Honkong — O‘zbekiston 0:10

Gollar: Husayn Norchayev (6, 59, 69), Abbos Fayzullayev (24), Alisher Odilov (28, penalti), Umarali Rahmonaliyev (57), Man Ip (74, avtogol), Ulug‘bek Hoshimov (83, 88, 90+4). 
O‘zbekiston — Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husanov, Muhammadqodir Hamraliyev, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Ibrohim Ibragimov (Jasur Jaloliddinov, 46), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (Ruslan Jiyanov, 46), Abbos Fayzullayev (Hojimat Erkinov, 71), Umarali Rahmonaliyev, Alibek Davronov, Husayn Norchayev (Ulug‘bek Hoshimov, 71), Alisher Odilov.

Afg‘oniston — Eron 0:4
Gollar: Gorbani (29), Gudarzi (37), Saidmanesh (58), Husaynnajod (74).

Top