07:53 / 11.09.2023
16485

Basketbol. Germaniya - o‘z tarixida ilk bor jahon chempioni

Filippin, Yaponiya va Indoneziyada o‘tkazilgan basketbol bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. 

Foto: Getty Images

Finalda Germaniya Serbiyani 83:77 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida ilk bor jahonning tengsiz jamoasiga aylandi. 

Sardor Dennis Shreder 28 ochko to‘plab, nemislar g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. U turnirning eng yaxshi basketbolchisi deb topildi.

3-o‘rin uchun kechgan bahsda Kanada AQShdan qo‘shimcha bo‘limlarda ustun keldi va birinchi marta sovrindor bo‘ldi — 127:118. 

Navbatdagi jahon chempionati 2027 yili Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Top