10:31 / 14.09.2023
5249

Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Dushanbeda yig‘ilish o‘tkazdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlari Dushanbeda davlat rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi kun tartibi va unda ko‘rib chiqiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qildi. 

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Dushanbe shahrida Markaziy Osiyoning besh davlati TIV rahbarlari yig‘ilishida qatnashdi.

«Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin janoblariga Dushanbe shahridagi samimiy qabul uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistondan bo‘lgan hamkasblari bilan birgalikda vazirlar yig‘ilishini o‘tkazgan.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi kun tartibi hamda unda ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan hujjatlar loyihalari muhokama qilingan.

14-15 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.

Top