London oligarx Fridmanga nisbatan surishtiruvni to‘xtatdi
Buyuk Britaniya Jinoyatchilikka qarshi kurash milliy agentligi Mixail Fridmanga nisbatan surishtiruvni yakunladi. Rossiyalik oligarx sanksiyalarni chetlab o‘tganlikda gumon qilingandi.
Buyuk Britaniyaning Jinoyatchilikka qarshi kurash milliy agentligi (NCA) sanksiyalardan qochish, firibgarlik va pul yuvishda gumonlanayotgan rossiyalik oligarx, «Alfa-bank» asoschisi Mixail Fridmanga nisbatan surishtiruvni to‘xtatdi. Bu haqda AFP va Bloomberg agentliklari 15 sentabr, juma kuni NCA bayonotiga tayanib xabar berdi. Britaniya mahkamasining aniqlik kiritishicha, ishda ishtirok etgan boshqa shaxslarga nisbatan surishtiruv davom etmoqda.
Dekabr oyida Londondagi Fridmanning Athlone House qarorgohida 50 nafar politsiyachi ishtirokida keng ko‘lamli tintuv o‘tkazildi. Jinoyatchilikka qarshi kurash milliy agentligi o‘shanda xabar qilganidek, NCA’ning kleptokratiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari 58 yoshli gumonlanuvchini va yana ikki kishini qo‘lga olgan, ammo ular tez orada garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Bundan tashqari, bir nechta raqamli qurilmalar va katta miqdordagi naqd pul musodara qilingan.
The Times nashrining yozishicha, endilikda rasmiylar Fridmanning uyi tintuv qilinishi noqonuniy bo‘lganini tan olgan va NCA noqonuniy kirganlik uchun tovon to‘lashi, Fridmanga sud xarajatlarini qoplashi va musodara qilingan pullarni qaytarishi kerak.
Mixail Fridmanga qarshi sanksiyalar
Mixail Fridman Buyuk Britaniya, AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida. Xabar qilinishicha, NCA surishtiruvi Fridmanga sanksiya qo‘llangunga qadar «Alfa-bank»dan uning yordamchisiga kredit berilgani bilan bog‘liq edi.
Sentyabr oyida Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») rossiyalik tadbirkorni Ukrainadagi urushni moliyalashtirishda ayblagan edi. «SBU» ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainada keng ko‘lamli harbiy harakatlari boshlanganidan beri Fridman bir nechta rus harbiy zavodlariga 2 milliard rublga yaqin sarmoya kiritgan. Xususan, gap «Tula patron zavodi», shuningdek, Rossiya jangovar samolyotlari va vertolyotlari uchun yuqori texnologiyali uskunalar ishlab chiqaradigan «Yalamov nomidagi Ural optika-mexanika zavodi» haqida bormoqda.
Mavzuga oid
15:34 / 18.12.2024
Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti
11:35 / 09.12.2024
Britaniya Yangi Toshkentda barpo etiladigan obektlarni loyihalashda ishtirok etmoqchi
12:00 / 02.12.2024
Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
11:14 / 02.12.2024