07:37 / 23.09.2023
4680

O‘zbekiston «Ochiq gender ma’lumotlari indeksida» eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi

Indeks 35 ta statistik toifadagi 11 ta ko‘rsatkichning mavjudligiga asoslanadi.

O‘zbekiston “Ochiq gender ma’lumotlari indeksida” 69,7 ball to‘plagan holda jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi.

Open Data Watch tashkilotining so‘nggi hisobotida O‘zbekiston “Ochiq gender ma’lumotlari indeksida” 69,7 ball to‘plagan holda jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi. 

Gender ma’lumotlari indeksi butun dunyo bo‘ylab gender ma’lumotlarining mavjudligi va ochiqligini baholaydi.

Indeks 35 ta statistik toifadagi 11 ta ko‘rsatkichning mavjudligiga asoslanadi.

Mamlakatda gender statistikasini yuritish bo‘yicha Statistika agentligi vakolatli organ bo‘lib, agentlikda gender statistikasini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha alohida bo‘linma tashkil etilgan.
 
Agentlik tomonidan yuritiladigan gender.stat.uz saytining barcha bo‘limlarida bugungi kunda 180 dan ziyod gender statistikasiga oid ko‘rsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirib borilmoqda.

Top