08:30 / 26.09.2023
4895

Xonkendidagi portlashda 200 dan ortiq kishi jabrlandi

Xonkendi-Askeran avtomobil yo‘lidagi benzin omborining portlashi oqibatida halok bo‘lganlarning soniga aniqlik kiritilmoqda. Yaradorlar Armanistonga yetkazilyapti.

Foto: X / Gegham_Arsakh

Qorabog‘da 25 sentabr, dushanba kuni kechqurun Xonkendi-Askeran avtomobil yo‘lidagi benzin omborining portlashi natijasida 200 dan ortiq odam jabrlandi. Bu haqda mintaqaviy ombudsman Gegam Stepanyan X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Halok bo‘lganlarning aniq soni noma’lum.

Armanistonning 24news internet nashri Armaniston sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib yozishicha, qutqaruvchilar jabrlanganlarni havo va quruqlik orqali kasalxonalarga yetkazishni tashkil qilmoqda, yaradorlarni Armanistonga jo‘natish bo‘yicha operatsiyaga vertolyotlar jalb qilinmoqda. 

«Benzin omborining portlashi natijasida jabrlanganlar soni 200 nafardan oshdi. Ularning aksariyatining ahvoli og‘ir yoki o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. Qorabog‘ tibbiy imkoniyatlari ularni qutqarib qolish uchun yetarli emas. Tez tibbiy yordam aviatsiyasidan foydalanish kerak», - deydi Gegam Stepanyan.

Mavzu
Armanlarning Qorabog‘dan ko‘chishi
Xonkandi Ozarboyjon nazoratiga o‘tgach, Qorabog‘ni 100 mingdan oshiq etnik armanlar tark etdi.
Barchasi
Top