23:34 / 27.09.2023
8639

Hillari Klinton NATO kengayishi Putin siyosatining natijasi ekanini aytdi 

«Afsuski, Vladimir, bu o‘zingni siyosating», dedi Klinton. 

Foto: Getty Images

AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton NATO kengayishiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin aybdor, dedi. Uning so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirdi. 

«Afsuski, Vladimir, bu o‘zingni siyosating», dedi Klinton. Uning qo‘shimcha qilishicha, «hech kim NATO a’zosi bo‘lishga majbur emas» va bu haqda har bir davlat mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Klintonga javob berib, u «hamma narsaning «oyog‘ini osmondan keltirish» va tushunchalarni almashtirishga urinishlari bilan tanilganini» aytdi. 

«Klinton xonimga eslatib qo‘yadigan bo‘lsak, NATO kengayishining ko‘plab to‘lqinlari va alyans harbiy infratuzilmasi chegaralarimizga yaqinlashayotgan paytda Putin G‘arb davlatlariga ushbu vaziyatni muhokama qilish bo‘yicha qat’iy taklif berdi. Va loyihasi Rossiya tomoni tomonidan tayyorlangan ma’lum bir hujjatni (xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida) imzolashni so‘radi. Biroq, G‘arb davlatlari buni muhokama qilishni qat’iy rad etdi. Va bunda Ukrainada davom etayotgan harbiy amaliyot nimaga boshlangani mutlaqo aniq bo‘ladi», dedi Peskov. 

Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan keyin yillar davomida neytral bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATO a’zosi bo‘lish uchun ariza berdi. 2023 yil aprel oyida Finlyandiya alyansga a’zo bo‘ldi va Rossiyaning NATO bilan quruqlikdagi chegarasi ikki baravar ko‘paydi.

Mavzuga oid
Top