10:40 / 27.09.2023
3481

O‘zbekiston va Germaniya Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Afg‘on yoshlarini o‘qitish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Foto: TIV

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Germaniya elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistondagi humanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, afg‘on yoshlarini o‘qitish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘oniston masalalari bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvlarni davom ettirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid
Top