08:21 / 28.09.2023
4684

AQSh Kongressi Pentagon rahbarining 1 dollarlik ish haqi to‘g‘risidagi tuzatishni qabul qildi

Ommaviy axborot vositalarining fikricha, Lloyd Ostinni maoshidan mahrum qilish to‘g‘risidagi tuzatish kiritilgan qonun loyihasi Senatda ovoz berishdan o‘tishi dargumon.

Foto: AFP/Getty Images

Respublikachilar yetakchiligidagi AQSh Kongressining Vakillar palatasi mudofaa vaziri Lloyd Ostinning oylik maoshini 1 dollargacha qisqartirish bo‘yicha tuzatishni ma’qulladi, deb yozadi The New York Times 27 sentabr, chorshanba kuni.

Tashabbus muallifi kongressvumen Marjori Teylor Grin bo‘lib, uning ta’kidlashicha, Pentagon rahbariga qarshi shikoyatlari, masalan, «Afg‘onistondan qo‘shinlarning dahshatli olib chiqib ketilishi» va harbiy xizmatchilarni koronavirusga qarshi majburiy emlash bilan bog‘liq. 

Tuzatish kongressmenlarga aniq federal xodimlarning maoshlarini kamaytirishga imkon beruvchi «Xolman qoidasi» deb ataladigan tartib asosida qabul qilingan. Hujjat 28 sentabrga yakuniy qabul qilinishi rejalashtirilgan yillik mudofaa xarajatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasi doirasida muhokama qilindi. Shu bilan birga, Marjori Teylor Grinning o‘zi Ukrainaga yordam berish uchun kiritilgan xarajatlar tufayli ushbu qonun loyihasiga qarshi ovoz berishini aytdi. 

AQSh hukumati shatdaun bilan yuzma-yuz kelmoqda 

NYT ta’kidlashicha, Ostinning maoshi aslida 1 dollargacha kamayishi dargumon, chunki harbiy xarajatlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi Senatda ovoz berishdan o‘tmaydi, bu yerda u ikki partiyaviy qarshilikka duch kelishi kutilmoqda. 

Agar Kongress sentabr oyi oxirigacha budjet loyihasi bo‘yicha kelishib olmasa, shatdaun sodir bo‘ladi - hukumat faoliyati to‘xtatiladi, deya eslatadi NYT. 

Mavzuga oid
Top