22:20 / 02.10.2023
8800

AQSh sudi Trampga prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi 

Endi Donald Tramp «sudlanuvchi» bo‘lsa-da, 2024 yilgi prezident saylovida ishtirok eta oladi. 

Foto: AFP

AQSh Oliy sudi sobiq prezident Donald Trampga «qo‘zg‘olonchi» bo‘lsa-da, prezident saylovida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmadi. Bu haqda RIA Novosti sud qaroriga tayanib yozdi. 

Avvalroq, respublikachi Jon Kastro bir necha shtatlarda Tramp ustidan sudga murojaat qilgan edi. Uning fikricha, sobiq prezidentga saylanadigan lavozimlarda ishlashga ruxsat berilmasligi kerak, chunki AQSh Konstitutsiyasi «isyonchilar va qo‘zg‘olonchilar»ning bunday lavozimlarni egallashini taqiqlaydi. 

2021 yil 6 yanvarda prezidentlik saylovi natijalaridan norozi bo‘lgan Tramp tarafdorlari Vashingtonda Kapitoliyga bostirib kirdi. Saylovda demokrat Jozef Bayden g‘alaba qozongan edi. Namoyishlar politsiya bilan keng ko‘lamli to‘qnashuvlarga olib keldi. Huquq tartibot idoralari isyonga Donald Tramp chaqiriqlari sabab bo‘lgan deb hisobladi va uning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu boradagi sud mahkamasi 2024 yilda o‘tkaziladi. 

Avvalroq, Tramp 2024 yilda qayta saylanish imkoniyati «100 foizga yaqin» ekanini aytgandi.

Mavzuga oid
Top