O‘zbekiston | 20:33 / 05.10.2023
8159
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qozog‘istondan rekord darajada ko‘p bug‘doy import qildi 

G‘alla mavsumi yakunlariga ko‘ra import hajmi qariyb 4 mln tonnaga yetgan. 

Foto: Getty Images

2022 yilning sentabr oyidan joriy yilning avgustigacha davom etgan g‘alla mavsumi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘istondan rekord miqdorda bug‘doy import qildi. Bu haqda Trend xabar berdi. 

Bu davrda O‘zbekiston 3,889 million tonna bug‘doy sotib olgan bo‘lsa, o‘tgan g‘alla mavsumida bu raqam 2,591 million tonnani tashkil etgan. 

Shu tariqa, O‘zbekiston Qozog‘istonning umumiy bug‘doy eksportining deyarli yarmini oldi. O‘tgan mavsumda O‘zbekistonning ushbu qishloq xo‘jaligi ekini importidagi ulushi 45 foizni tashkil etgan edi. Bu yil rekord o‘rnatildi, bu kamida oxirgi 5 ta don mavsumidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

Birgina avgust oyida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 277,15 ming tonna bug‘doy yetkazib berilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning avgust oyida bu ko‘rsatkich 117,44 ming tonnani tashkil etgan.

 

Mavzuga oid