22:11 / 05.10.2023
17700

Turkiyzabon davlatlar futbol turnirlarini tashkil qilishni rejalashtirmoqda 

Toshkentda turkiyzabon davlatlar futbol assotsiatsiyalari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Unda milliy va klublar miqyosida qo‘shma xalqaro musobaqalar tashkil etish imkoniyatlari muhokama etildi. Yig‘ilishda Ozarboyjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston futbol tashkilotlari rahbarlari, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish masalalari ham muhokama qilindi. 

Futbol bo‘yicha mutaxassislar, murabbiylar, hakamlar tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Yig‘ilish FIFA ko‘magi va ishtirokida o‘tkazildi. 

Top