18:32 / 10.10.2023
20709
Reklama

“Korzinka” yangi formatdagi “Korzinka Mahalla” do‘konlarini ishga tushirdi

10 oktyabr kuni “Korzinka” yangi formatdagi “Korzinka Mahalla” do‘konlarini ishga tushirganini e’lon qildi. Bu qulay joylashuvi va keng assortimenti bilan ajralib turadigan klassik uy yaqinidagi do‘konlardir. 

Foto: Korzinka

“Korzinka Mahalla”ning asosiy xususiyati bir qator omillar orqali xarid qilish vaqtini sezilarli darajada tejashidir.

Bu, birinchidan, ixchamlik. Agar “Korzinka” supermarketlarining savdo maydoni odatda 1 200 kvadrat metrni tashkil qilsa, “Korzinka Mahalla” maydoni 300 - 400 kvadrat metr atrofida. Bu mijozlarga butun do‘konni tezda aylanib chiqish va kerakli narsani topish imkonini beradi.

Ikkinchidan, joylashuv. Barcha do‘konlar uyga yaqin joylashgan bo‘ladi.

Uchinchidan, tuzilish va assortiment. Do‘konlar yaqin kunlarga oziq-ovqat sotib olish uchun ham, ish yoki uyga ketayotganda ichimlik yoki tayyor ovqat sotib olish uchun ham bir xil darajada qulay.

Har bir “Korzinka Mahalla” do‘konida:

  • kofe maydoni va tayyor mahsulotlarning kengaytirilgan tanlovi,
  • yangi mahsulot toifalari, masalan, gullar,
  • 4 200 dan ortiq mahsulot turlari (SKU) bo‘ladi.

Do‘konlarning ish vaqti 07:00 dan 23:00 gacha, biroq ba’zilari tun-u kun ochiq bo‘ladi.

Shunday qilib, “Korzinka Mahalla” tayyor oziq-ovqat, ichimliklar va gazaklar sotib olmoqchi bo‘lganlar uchun ham, xaridlarning asosiy qismini supermarketda yoki internet orqali amalga oshiradiganlar uchun ham, uyga yaqin joyda hamma narsani sotib olishni afzal ko‘rganlar uchun ham qulay bo‘ladi.

6 oktyabr kuni “Korzinka Mahalla – Yangi Sebzor”ning birinchi pilot do‘koni ochilgan bo‘lsa, 10 oktyabr kuni “Korzinka Mahalla — Bo‘ston”ning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.

“Vaqtni, hammadan ham ko‘proq bizning korxonamizda qadrlasak kerak. Ayniqsa, bu mehmonlarimizning qimmatli vaqti bilan bog‘liq bo‘lsa. Shu sababli, jamoamiz bilan xaridlar jarayonini odatdagidan tez va qulay etadigan yangi shaklni ishga tushirishga qaror qildik. Biz ancha vaqtdan buyon mijozlarimizdan shu turdagi taklif va murojaatlarni olib kelayotgandik. Buning asnosida, mana, “Korzinka Mahalla” ham paydo bo‘ldi.

Endi yangi shakldagi do‘konlarimiz haqiqatan ham har bir mahallada ochilishi hamda yanada ko‘proq aholi qulay va zamonaviy chakana savdo imkoniyatlaridan foydalanishi uchun bor kuchimizni safarbar qilish rejamizdan o‘rin olgan”, — deb ta’kidladi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi va kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.

“Korzinka” bilan bog‘liq so‘nggi muhim yangiliklarni esa kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin:

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/korzinkauzb

Rus tilidagi Telegram kanal: t.me/korzinkauz

Instagram sahifasi: instagram.com/korzinkauz

Facebook sahifasi: fb.com/korzinkauz

Kompaniya sayti: korzinka.uz

Reklama

Top