11:55 / 10.10.2023
4512

YeIda 2023 yilda 1 million kishi boshpana so‘rashi mumkin

2023 yil oktyabr oyi boshida Yevropa Ittifoqida qochoq maqomini olish uchun 801 mingdan ortiq ariza ro‘yxatga olingan. Muhojirlar sonining eng katta o‘sishi Latviya, Estoniya va Germaniyada qayd etildi, deb yozadi Die Welt.

Foto: DARRIN ZAMMIT LUPI/REUTERS

2023 yilda Yevropa Ittifoqining 27 davlati, Shveytsariya va Norvegiyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni bir milliondan oshib ketishi mumkin, deb yozadi 10 oktyabr, seshanba kuni Die Welt gazetasi Yevropa qochqinlar agentligi (EUAA) ma’lumotlariga tayanib.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan oktyabr oyigacha bu mamlakatlarda qochoq maqomini olish uchun 801 459 ta ariza ro‘yxatga olingan. Bu - 2016 yildan beri shu davrdagi eng yuqori ko‘rsatkich. 

Muhojirlar sonining ko‘payishi bo‘yicha yetakchilar - Latviya, Estoniya va Germaniya

Boshpana so‘rash bo‘yicha arizalar sonining eng katta o‘sishi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida noqonuniy muhojirlarning ommaviy oqimi tufayli Latviya (+168 foiz) va Estoniyada (+119 foiz) qayd etildi. 

Germaniya uchinchi o‘rinda. Bu davlatda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 74 foizga o‘sish kuzatildi. Shu bilan birga, Fransiyada arizalar soni ikki barobarga – 37 foizga, Italiyada esa 63 foizga oshgan. 

EUAA ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada deyarli har uchinchi ariza Suriya fuqarolaridan kelib tushadi (27 foiz). Ikkinchi o‘rinda Afg‘oniston fuqarolari (17 foiz), uchinchi o‘rinda Turkiya fuqarolari (16 foiz). 

Mavzuga oid
Top