00:10 / 12.10.2023
27376

Krishtianu Ronaldu Eron qonunlarini buzgani uchun 99 darra urilishi mumkin

Sentyabr oyida sportchi imkoniyati cheklangan eronlik rassom qizni omma oldida quchoqlab, o‘pgan edi.

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida to‘p tepayotgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Eron qonunchiligini buzgani uchun 99 darra urilishi mumkin. Bu haqda Rouydad24 nashriga tayanib, «Kommersant’» xabar berdi.

Krishtianu Ronaldu 19 sentabr kuni jamoasi bilan Eronga bordi. U Osiyo Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Persepolis»ga qarshi o‘yindan oldin Tehronda muxlislar bilan uchrashdi va Fotima ismli nogiron rassom qizni quchoqlab, o‘pdi.

Nashrning yozishicha, Eron Jinoyat Kodeksiga ko‘ra, futbolchining qilmishini «turmushga chiqmagan shaxs tomonidan sodir etilgan zino» deb talqin qilish mumkin. Ammo, Krishtianu Ronalduga nisbatan rasman ish ochilgani yo‘q.

Shu bilan birga, Index.hr nashri manbasiga ko‘ra, futbolchini jazolash qarori sirtdan qabul qilingan va kelajakda Ronaldu Eronga qaytadigan bo‘lsa, 99 darra bilan jazolanishi kerak.

Mavzuga oid
Top