08:05 / 19.10.2023
8119

FVV rahbari o‘rinbosari Toshkent shahar FVB boshlig‘i etib tayinlandi

Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtor Muhiddinov Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Foto: FVB axborot xizmati

Polkovnik Muxtor Muhiddinov Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U may oyidan beri favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Muxtor Muhiddinov 1973 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004 yilda Strategik tahlil va prognozlash oliy maktabini tamomlagan.

Sentyabr oyida Toshkent shahar FVB boshlig‘i lavozimida ishlagan Ravshan Haydarov FVV akademiyasiga rahbar etib tayinlangandi.

Top