20:16 / 22.10.2023
22959

«Ordabasi» o‘z tarixida ilk bor Qozog‘iston chempioni bo‘ldi

Qozog‘iston chempionatining 25-turida «Ordabasi» «Shaxtyor»ni mag‘lub etib, muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘z tarixida ilk bor mamlakat chempioni bo‘ldi. 

«Ordabasi» safida o‘zbekistonlik futbolchilar Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov to‘p tepishdi. Chempionlik o‘yinida Umarov gol urishga erishdi. 

Qozog‘iston chempionati. 25-tur. 22 oktyabr
Ordabasi — Shaxtyor 3:1

Gollar: Jaksilikov (4), Umarov (12), Besedin (27) — Chogadze (47).
Ordabasi — Seysen, Matich, Astanov, Besedin (Vasilev, 90), Yerlanov, Jaksilikov (Fedin, 71), Makarenko, Mboj, Suyumbayev (Narzildayev, 90), Tagibergen (Tungishbayev, 71), Umarov (Abduxoliqov, 20). 
Shaxtyor Karaganda — Shatskiy, Abdulla (Flyuk, 90), Mina, Savkiv (Tyulyubay, 78), Bukorats, Galkin (Chogadze, 46), Zaxarenko, Koshich, Nazimxanov (Dimitrenko, 78), Persux, Sviridov (Tattibayev, 46).

Mavzuga oid
Top