02:47 / 22.10.2023
39549

UFC 294. Xamzat Chimayev Kamaru Usmanni mag‘lubiyatga uchratdi, Islam Maxachev 1-raunddayoq Volkanovskini nokautga uchratdi

Foto: AFP

BAA poytaxti Abu-Dabida UFC 294 turnirining eng markaziy ikki jangi yakunlandi.

Ikkinchi darajali markaziy jangda Xamzat Chimayev va Kamaru Usman o‘zaro to‘qnash keldi. Uch raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etib, unga ko‘ra, hakamlar Xamzat Chimayevning g‘alaba qozonganini qayd etishdi. Shu tariqa, Chimayev g‘alabali seriyasini davom ettirdi.

Turnirning markaziy va yakuniy jangida yengil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev yarim yengil vazn toifasi chempioni Aleks Volkanovskiga qarshi jang qildi. 5 raundga mo‘ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Rossiyalik jangchi 1-raundda oyoq zarbasi bilan Volkanovskini muvozanatdan chiqardi va nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Referi jangni to‘xtatishga qaror qildi. Shu tariqa, Maxachev ham o‘z kamarini himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Volkanovski va Islom Maxachev ilk bor UFC 284'da to‘qnash kelgan va unda dog‘istonlik jangchi ochkolar evaziga g‘alabaga erishgandi.

Mavzuga oid
Top