12:59 / 04.11.2023
6712

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Kiyevga keldi

Yevropa komissiyasi rahbarining Ukrainaga joriy safari - urush boshlanganidan beri beshinchi tashrif. 

Foto: Reuters

Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen 4 noyabr, shanba kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi. Bu haqda Oliy rada deputati Yaroslav Jyeleznyak o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi

Yevrokomissiya rahbari Ukraina parlamentida chiqish qilishi kutilmoqda. Ursula fon der Lyayyenning Kiyevga tashrifi Yevropa Ittifoqining Ukraina YeIga qo‘shilishga tayyorgarlik ko‘rish borasida erishgan yutuqlari haqidagi hisoboti oldidan sodir bo‘ldi. Ushbu hisobot kelasi haftada taqdim etiladi.

Bu Yevrokomissiya rahbarining urush boshlanganidan beri Ukrainaga beshinchi tashrifidir. 

Mavzuga oid
Top