08:03 / 10.11.2023
2398

Sport maktablariga hujjat qabul qilish reglamenti tasdiqlandi

Davlat xizmatlari DXM yoki YaIDXP orqali 2023 yil 1 dekabrdan boshlab ko‘rsatiladi.

Vazirlar Mahkamasining «Sport sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • davlat sport-ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
  • O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.

Davlat xizmatlari DXM yoki YaIDXP orqali 2023 yil 1 dekabrdan boshlab ko‘rsatiladi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili 1 yanvarga qadar o‘quvchilarning sport ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun hujjatlarini qabul qilish yoki ularni bir sport ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladigan hududlar ro‘yxati, qabul muddatlari tasdiqlanadi va o‘z rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.

Top