00:27 / 15.11.2023
14768

Isroil va HAMAS garovdagilarni ozod qilish va janglarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga yaqin - OAV

Tomonlar mahbus va garovdagilarni almashishi mumkinligi aytilmoqda.

Foto: Reuters

Isroil va Falastinning HAMAS harakati jangovar harakatlarni bir necha kun to‘xtatib turish evaziga garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda. Bu haqda CNN telekanali AQSh yuqori martabali mulozimiga tayanib xabar berdi.

«Isroil va HAMAS garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda, buning evaziga jangovar harakatlar ko‘p kunga to‘xtatilishi kerak», deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, CNN suhbatdoshining qayd etishicha, bu boradagi muzokaralar beqaror va uzilib qolishi ham mumkin.

«Kelishuv yaqin, ammo hali erishilmagan», dedi rasmiy.

AQSh prezidenti Jo Bayden seshanba kuni G‘azoda saqlanayotgan mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishish mumkinligiga ishonishini aytdi.

«Men buni sodir bo‘lishiga ishonaman, lekin tafsilotlarga to‘xtalmoqchi emasman», dedi u Oq uyda.

Isroil ommaviy axborot vositalari, o‘z navbatida, Bosh xavfsizlik xizmati (ShABAK) rahbari Ronen Bar Misrning yuqori martabali amaldorlari bilan garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni muhokama qilish uchun uchrashmoqchi ekanini yozdi.

CNN telekanalining ta’kidlashicha, tomonlar Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarni ozod qilish bilan bir vaqtda HAMAS tomonidan garovga olinganlarning katta guruhini ozod qilish masalasini muhokama qilmoqda. Buning evaziga harbiy harakatlar 5 kunga to‘xtatilishi mumkin.

Mavzu
HAMAS–Isroil urushi
7 oktyabr kuni G‘azo bo‘lgasidagi HAMAS kuchlari Isroilga yoppasiga raketa zarbalari berdi va chegaradagi aholi punktlarini egallay boshladi. Bunga javoban Isroil tashkilotga qarshi urush ochdi. Bu safargi eskalatsiya avval kuzatilmagan darajada ko‘p qurbonlarga olib keldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top