12:59 / 18.11.2023
21034

Toshkentda Falastin-Isroil mojarosiga atalgan strit-art paydo bo‘ldi

Inkuzart taxallusli ko‘cha rassomi chizgan suratda Isroil askari va unga yuragini tutib turgan falastinlik bolakay tasvirlangan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot @inkuzart

Shuningdek, rassom o‘z postiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so‘zlarini ilova qilgan:

“Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq, o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”.

O‘zbekiston rasmiylari mojaro boshlaganidan buyon bir necha marotaba xalqaro va milliy doiradagi tadbirlarda tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi hamda Falastin xalqi mustaqil davlat qurishga haqli ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Jiddadagi sammitda mojaro tufayli go‘daklar o‘ldirilishini qabul qilib bo‘lmaydigan nohaqlik, deb atadi.

Ma’lumot uchun, 7 oktyabr kuni boshlangan HAMAS va Isroil o‘rtasidagi urush tufayli 11 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.

Mavzuga oid
Top