16:55 / 18.11.2023
8345

Xon Saroy jamoasi a’zosi Baxshulla Sayfullayev bodibilding ustasi yo‘nalishida jahon chempioni bo‘ldi!

Joriy yilning 6-12 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Vonju shahrida o‘tkazilgan bodybilding va fitnes bo‘yicha 14-jahon chempionatida 50 dan oshiq davlatlar va 600 dan ziyod ishtirokchilar qatnashdi.

Shu jumladan, bodybilding ustasi yo‘nalishida 21 ta raqib orasida hamyurtimiz, Xon Saroy jamoasi a’zosi Baxshulla Sayfullayev ham ishtirok etib, birinchilikni qo‘lga kiritdi. 

Foto: Xon Saroy

Xon Saroy qurilish kompaniyasi tomonidan Baxshulla Sayfullayevga jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgani munosabati bilan sovg‘a sifatida 4 xonali xonadon taqdim etildi.

Foto: Xon Saroy

Ta’kidlab o‘tish joizki, yurtimiz sportchilari ustozi Baxshulla Sayfullayev 1-7 sentabr kunlari Nepalning Katmandu shahrida o‘tkazilgan bodybilding va fitness bo‘yicha 55-Osiyo chempionatida ham ishtirok etib, oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritgan va ushbu yutug‘i uchun Xon Saroy qurilish kompaniyasi tomonidan Tracker 2 avtomobili sovg‘a qilingan edi. 

Foto: Xon Saroy

Baxshulla Sayfullayev bugungi kunda ko‘plab sportchilarimizning murabbiyi bo‘libgina qolmay, mamlakatimizda sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga katta hissa qo‘shayotgan hamyurtlarimizdan biri hisoblanadi. Misol tariqasida, Xon Saroy qurilish kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan va efirga uzatilgan “Irodam kuchli” televizion loyihasini ta’kidlab o‘tish lozim. 

Ushbu loyiha minglab hamyurtlarimiz ortiqcha vazndan xalos bo‘lishlariga, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishni boshlashlariga sabab bo‘lgani mubolag‘a emas 

Xon Saroy kompaniyasi o‘z faoliyatini Navoiy viloyatida boshlagan bo‘lib, hozirgi kunda poytaxtimizda eng ishonchli qurilish kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kungacha 6 ta loyiha o‘z egalariga topshirilib, yana 7 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Kompaniya nafaqat qurilish orqali balki madaniyat va sportni qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. 

Reklama huquqi asosida

 
Mavzuga oid
Top