O‘zbekiston | 15:46 / 26.11.2023
11943
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyatidagi «zapravka»da yuk mashinasi gaz balloni portladi

Foto: Namangan FVB matbuot xizmati

Namangan viloyatidagi gaz quyish shoxobchalaridan birida 26 noyabr kuni Kia Bongo avtomobili gaz balloni portladi.

Viloyat FVB matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, To‘raqo‘rg‘on tumani «Xo‘jand» MFY Xo‘jand ko‘chasida joylashgan «Metan AGQSh»da gaz to‘ldirish vaqtida Kia Bongo rusumli avtomobilga qo‘shimcha o‘rnatilgan propan suyultirilgan gaz balloni portlagan.

Buning oqibatida tan jarohat olish holatlari va yong‘in hodisasi sodir bo‘lmagan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid