19:05 / 07.12.2023
28688

MTRK Osiyo kubogi-2023 TV-translatsiyasi huquqini qo‘lga kiritdi

Foto: Getty images

Kelasi yilning yanvar oyida Qatar qit’a futbolining to‘rt yillikdagi eng nufuzli turniri – Osiyo kubogi-2023ga mezbonlik qiladi.

2024 yilning 12 yanvaridan 10 fevraliga qadar Qatar maydonlarida o‘tadigan Osiyo chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi ham ishtirok etadi. Muxlislar intiqlik bilan kutayotgan turnir O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilishi «Sport» telekanali orqali e’lon qilindi.

«Muxlislarning qiziqishidan kelib chiqib, MTRK «Sport» teleradiokanali Osiyo kubogini namoyish etadi», - deyiladi telekanal xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan «V» guruhidan joy olgan. Srechko Katanets shogirdlari dastlabki uchrashuvni 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi o‘tkazadi. 18 yanvarda Hindiston bilan, 23 yanvar kuni esa Avstraliyaga qarshi bahslar o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Top