19:00 / 08.12.2023
5449

Ipotekabank OTP Group rahbariyati, filial rahbarlari, departament direktorlari va OTP bank rahbariyati ishtirokidagi birinchi RETAIL SUMMIT bo‘lib o‘tdi

Foto: Ipotekabank

Bugun InterContinental mehmonxonasida bank rahbariyati hamda OTP Bank bosh ofisi vakillari ishtirokida Ipotekabankning strategik sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz moliya bozorida olib borilayotgan islohotlar va banklar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2023 yilning iyun oyida Vengriyaning yetakchi bank guruhlaridan biri bo‘lgan OTP bank “Ipoteka-bank” ATIBning asosiy aksiyadoriga aylandi.

Ushbu sammitni tashkillashtirishdan asosiy maqsad xalqaro tajribaga ega bo‘lgan Mckinsey tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Gavhar”dasturi doirasida shakllantirilgan Ipotekabankning keyingi 5 yillik strategiyasi bo‘yicha filial rahbarlari va mas’ul xodimlariga ma’lumot berishdir.

Shuningdek, xususiylashtirishdan so‘ng amalga oshirilgan ishlar filiallar kesimida muhokama qilindi hamda blok va filiallar rahbarlari tomonidan risklarni boshqarish, korporativ mijozlar bilan ishlash, raqamli xizmatlar, muammoli kreditlar, mikroqarz va ipoteka kreditlar holati bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.

“Barchamizga ma’lumki jahon bozorida muvaffaqiyatga erishish uchun tashkilotlarda uch narsa bo‘lishi juda ahamiyatlidir: zaruriy resurs bazasi, malakali xodimlar va qulay moliyaviy muhit. Bugun bizda bularning barchasi bor va shubhasiz, OTP Bank guruhining a’zosi sifatida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatining yanada yuqori standartlarini taqdim eta olamiz hamda yangi raqamli texnologiyalar, mahsulotlar va boshqaruv tajribasi yordamida bank sektorida yetakchilikka erishamiz”, dedi Ipoteka-bank ,oshqaruv raisi Elyor Inomjonov.

Shuningdek, sammit davomida OTP Bank Raisining o‘rinbosarlari Laszlo Wolf va Andras Becsei ham Ipotekabank OTP Groupʼning yangi strategiyasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

OTP Group haqida

OTP Group, yuqori rentabellik, barqaror kapital va likvidlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi eng tez rivojlanayotgan va yetakchi bank guruhlaridan biri hisoblanadi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasi bank sektoridagi eng faol moliyaviy birlashtiruvchi sifatida Group 2000-yillardan boshlab 23 ta bankni muvaffaqiyatli sotib oldi va birlashtirdi. Hozirgi vaqtda bank Vengriya, Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya va Sloveniyada bozor yetakchisi hisoblanadi.

 Reklama

 
Top