19:37 / 08.12.2023
18888

Jizzax viloyatida ham jinoyatchilikka qarshi reydlar o‘tkazildi

Tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxs ushlangan.

Jizzax viloyatida «Dolzarb - 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi doirasida 3 nafar shaxslar qo‘lga olinib, 12 nafar shaxslarga jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxs ushlandi.

Xuddi shunday viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, jinoyat sodir etishga moyil 20 nafar shaxslarning yashash manzillarida maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Natijada noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgan 10 nafar shaxs aniqlandi.

Mavzu
Jinoyatchilikka qarshi tadbirlar
2023 yil noyabr oyining oxirida O‘zbekistonda, rasmiylar ta’rifiga ko‘ra, “kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar” boshlandi.
Barchasi
Top