10:04 / 12.12.2023
5774

AQSh grin-kartasiga nomzodlar ma’lumotlar bazasi himoyasiz saqlangani ma’lum bo‘ldi

AQSh grin-karta lotereyasida ishtirok etish uchun ariza bergan yuz minglab insonlarning ma’lumotlari uchinchi tomon ma’lumotlarni saqlashga loqayd qaragani uchun Internetda paydo bo‘ldi.

Foto: saytdan skrinshot

US Green Card Office (USGCO) xususiy kompaniyasi ariza beruvchilar va ularning yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlarni qidiruv tizimlari orqali bemalol topish mumkin bo‘lgan ochiq bazada saqlagani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Cybernews.

Ma’lumotlar bazasi immigratsion vizini qo‘lga kiritish uchun talabgor bo‘lgan 202 mingdan ziyod insonning elektron pochtasi, MD5-heshlardagi paroli, ism-familiyasi, jinsi, tug‘ilgan yili va joyi, telefon raqamlari, oilaviy ahvoli, ma’lumoti va farzandlari soni kabi ma’lumotlarni jamlagan bo‘lgan. Unda yana 147 ming nafar “ikkilamchi foydalanuvchilar” (arizachilarning turmush o‘rtoqlari va farzandlari) ga oid ma’lumotlar bo‘lgan.

«Bu sizish noqulaylik chegarasidan ham tashqarida. Yovuz niyatli kishilar eskirgan heshlash algoritmidan foydalanib saqlanayotgan parollarni buzib kirishga harakat qilishlari, ijtimoiy injyeneriya yordamida hujum uyushtirishi mumkin», — deyiladi hisobotda.

Cybernews tadqiqochilari shuningdek, ma’lumotlardan kimlardir allaqachon foydalanganini ham qayd etishgan. Ular ma’lumotlar bazasi joylashtirilgan saytda teskari qobiq (Reverse Shell) borligini aniqlashgan va bu, ularning fikricha, komprometatsiyadan dalolat beradi.

«Navigation-s1O0f7.php nomli PHP-ssenariy teskari qobiqdan iborat bo‘lgan va uning yordamida nopok maqsadli insonlar axborot tortib olish va serverdan fayllar ko‘chirishda foydalanishgan. Bu fayl WordPress uchun Divi mavzusi sifatida belgilanib, yashirib qo‘yilgan, holbuki saytning o‘zi WordPress’da ishlamaydi», — degan tadqiqotchilar.

Ular teskari qobiq saytgan 2023 yilning 1 avgustida yuklanganiga e’tibor qaratib, ma’lumotlar allaqachon o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligini qayd etishgan. Tadqiqotchilar arizachilarga grin-karta bo‘yicha keladigan har qanday ma’lumotlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni tavsiya berishgan.

Mavzuga oid
Top