10:00 / 12.12.2023
6215
Reklama

IPO doirasida “O‘zbekinvest” kompaniyasi aksiyalari rejalashtirilgan 16 kun o‘rniga 7 ish kunida sotildi

2023 yilning 28 noyabr kuni O‘zbekistondagi eng yirik sug‘urta tashkiloti - “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi “Toshkent” Respublika fond birjasida birlamchi ommaviy joylashtiruv (IPO)ga bag‘ishlangan Road show o‘tkazdi.

Foto: O‘zbekinvest

IPO uchun narx diapazoni har bir imtiyozli aksiya uchun 1000 so‘m etib belgilangan. “O‘zbekinvest” 14 million donadan ortiq imtiyozli aksiyalarni chiqardi, bu kompaniya ustav kapitalining 5%ini tashkil etadi. Aksiyalardan kafolatlangan yillik dividend daromadi “Markaziy bankning asosiy stavkasi + 10%” darajasida belgilandi.

“O‘zbekinvest” aksiyalarini ommaviy joylashtirishuvining yakuniy sanasi joriy yilning 15 dekabriga belgilangan bo‘lsa-da, kompaniyaning barcha aksiyalari 7 dekabrda sotilgan.

Aksiyalarga yuqori qiziqish bo‘lganining asosiy sababi “O‘zbekinvest” kompaniyasining yuqori rentabelligi va investorlarning ishonchi bo‘ldi. Shuningdek, investorlarni 2024-yil uchun dividendlarning 36% ni tashkil etuvchi yuqori rentabelligi jalb qilmoqda. Birinchi dividend to‘lovlari 2024 yilning iyul-avgust oylariga mo‘ljallangan, aksiyalarni joylashtirish esa 2023 yil dekabrida bo‘lib o‘tmoqda.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−001160

Sayt|Facebook|Instagram|Telegram|YouTube

Top