13:13 / 14.12.2023
4233

Vengriya «chet el ta’siri»ga qarshi qonun qabul qildi

Vengriyaning «Suverenitetni himoya qilish to‘g‘risida»gi yangi qonuniga ko‘ra, chet eldan mablag‘ olgan saylovlardagi nomzod uch yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi. Tanqidchilar u norozilikni bostirish uchun ishlatilishi mumkinligidan xavotirda.

Foto: BERNADETT SZABO/Reuters/Scanpix

Vengriya parlamenti, tanqidchilar fikricha, bosh vazir Viktor Orban muxoliflarining ovozini bostirishga qaratilgan «chet el ta’siri»ni jilovlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘plamini qabul qildi. Qonun 12 dekabr kuni kechki payt bosh vazir Viktor Orbanning hukmron «FIDeS-Vengriya fuqarolik ittifoqi» partiyasi yetakchilik qiladigan Davlat majlisi deputatlarining mutlaq ko‘pchiligi tomonidan qabul qilindi.

Boshqa narsalar qatori, qonunda chet eldan mablag‘ olgan har qanday saylovlardagi nomzod uchun uch yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan. Saylov jarayoniga «chet el ta’siri»ning oldini olish maqsadida «saylovchilar xohish-irodasiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida xorijdan pul olgan tashkilotlarni aniqlashi va tekshirishi» lozim bo‘lgan nazorat organi tashkil etilmoqda. Suverenitetni himoya qilish bo‘yicha yangi idoraga tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha keng vakolatlar beriladi va uning rahbari lavozimiga nomzod prezident tomonidan tasdiqlash uchun bosh vazir tomonidan taqdim etiladi.

Jinoyat kodeksi va mamlakat konstitutsiyasiga tegishli tuzatishlar kiritildi, deb xabar bermoqda MTI Vengriya davlat axborot agentligi.

Avvalroq Vengriyada siyosiy partiyalarni chet eldan moliyalashtirish taqiqlangan edi. Biroq, endi taqiq, masalan, mahalliy saylovlarda nomzod ko‘rsatadigan tashkilotlarga ham tegishli.

Tanqidchilar qonundan o‘zgacha fikrlovchilar va Orban hukumati siyosatiga qarshi bo‘lganlarni bostirish uchun foydalanish mumkinligidan xavotirda.

Top