12:06 / 21.12.2023
3313

“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasi ishlab chiqildi

“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Hujjat loyihasi bilan prezident qarori, “Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasi, ushbu strategiyaning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasi hamda strategiyaning 2030 yilgacha erishiladigan samaradorlik ko‘rsatkichlari tasdiqlanishi ko‘zda tutilmoqda.

“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasi loyihasida sog‘liqni saqlash tizimiga aloqador bo‘lgan 12 ta asosiy yo‘nalish va ushbu yo‘nalishlar doirasida 2030 yilga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan 77 ta vazifa belgilangan. Shuningdek, hujjat bilan 2030 yilga qadar erishilishi lozim bo‘lgan 44 ta samaradorlik ko‘rsatkichlarini tasdiqlash ham nazarda tutilmoqda.

Qaror loyihasida zamonaviy va samarali boshqaruv usullari hamda moliyaviy mexanizmlarini joriy qilish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida 2030 yilga qadar amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, 2026 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradigan yangi yo‘nalishlar alohida berilgan. Aholi salomatligini muhofaza qilishda tibbiy yordamning yangi milliy tizimini tasdiqlash bo‘yicha topshiriq nazarda tutilgan.

2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasida esa qayd etilgan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun 270 dan ortiq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Mazkur hujjat sog‘liqni saqlash sohasida 2024 yildan boshlab keyingi 7 yil ichida bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarni qamrab olgan bo‘lib, tizim rivojlanish strategiyasini belgilaydi.

Top