00:35 / 24.12.2023
59340

Qidiruvdagi shaxs uchun 40 mln so‘m mukofot e’lon qilindi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan 33 yoshli Abdullayev Akromjon Baxtiyorovich qidiruvi davom etmoqda. Toshkent viloyati IIBB uni topganga 40 million so‘m mukofot va’da qildi.

«Hurmatli fuqarolar! Siz ushbu shaxsni ko‘rsangiz yoki u haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz zudlik bilan, Toshkent viloyati IIBBning quyidagi raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz. 

Tel: 70-975-21-02, 70-762-41-21
98-361-19-22, 98-314-44-05

Qidiruvdagi shaxsni qayerda ekani xaqida xabar bergan yoki topishda ko‘maklashgan fuqarolar umumiy 40 000 000 (qirq million) so‘m bilan mukofotlanishi kafolatlanadi», — deyiladi xabarda.

  • 18 dekabr kuni Toshkent shahrida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanib hibsga olingan 3 nafar shaxs qochib ketgani haqida e’lon berilgandi. Olib borilgan keng ko‘lamli qidiruv ishlari natijasida keyingi kunlarda ulardan ikki nafari qo‘lga olindi.
Top