O‘zbekiston | 13:43 / 25.12.2023
24710
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan yana 9 kishi ushlandi

Poytaxt IIBB tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Toshkent shahrida davom etayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida poytaxt IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan yana qator shaxslar bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. 

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, ular quyidagilar:

1. 1973 y.t. Fazliddin Kamalov (O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

2. 1954 y.t. Niyoz Ibodov (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi);

3. 1972 y.t. Lutfilla Umarov (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi, 276-modda);

4. 1997 y.t. Fozil Erkinov (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

5. 1985 y.t. Begzod Saidov (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

6. 1996 y.t. Sherzodjon Samandarov (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

7. 1988 y.t. Yodgor Asatillayev (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

8. 2000 y.t. Izzatilla Ahmadjonov (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

9. 1973 y.t. Sirojiddin Mo‘minov (Jinoyat kodeksi 276-moddasi 2-qismi);

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid