O‘zbekiston | 11:56 / 26.12.2023
7548
2 daqiqa o‘qiladi

Ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya berish muddati qisqartirildi

Ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan apellyatsiya 1 sutka ichida ko‘riladi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritildi.

Tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya  yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishi belgilandi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.

Apellyatsiya barcha materiallar kelib tushgandan 15 sutkada apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.

Ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan apellyatsiya 1 sutka ichida ko‘riladi.

Mavzuga oid