22:46 / 29.12.2023
12425

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi 

Bir yildan buyon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib kelgan Bahromjon A’loyev endi vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlaydi. Muzaffarbek Madrahimov va Rahmatulla Nurimbetov vazirga o‘rinbosarlik qiladi.

Prezidentning 2023 yil 29 dekabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning yangi o‘rinbosarlari tayinlandi. 

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Baxromjon Jo‘raboyevich A’loyev tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;

A’loyev Baxromjon. Foto: TIV

A’loyev muqaddam O‘zbekistonning Kuvaytdagi muvaqqat ishlar vakili maslahatchisi lavozimida ham ishlagan. Diplomat 2008−2012 yillarda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasini boshqargan, Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat ko‘rsatgan. 2022 yil noyabridan buyon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari edi.

Tashqi ishlar vazirida yana yangi ikki o‘rinbosar paydo bo‘ldi - ular vakant turgan lavozimlarni egallashdi. 

Muzaffarbek Anvarbekovich Madrahimov TIV rahbarining o‘rinbosari bo‘ldi. U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Amerika (2018 yildan), Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.

Madrahimov Muzaffarbek

Rahmatulla Ibragimovich Nurimbetov ham vazirga o‘rinbosar etib tayinlandi. Nurimbetov bungacha TIVning MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbar bo‘lgan.

Nurimbetov Rahmatulla
Mavzuga oid
Top