Iqtisodiyot | 13:30 / 02.01.2024
12343
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston IT sohasining bozor hajmi milliard dollarga yaqinlashmoqda

Qozog‘istonning ommabop «Infozakon» elektron nashrida O‘zbekistonda IT-industriyasining rivojlanishiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Prezident matbuot xizmati

Unda ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekiston AKT sohasini rivojlantirish yo‘lida ishonchli qadamlar tashlamoqda.

«Bugungi kunda «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida respublika oldida ulkan vazifalar turibdi. IT sohasining asosiy vazifasi tegishli xizmatlar eksporti hajmini yiliga besh milliard dollarga yetkazishdir. Shu maqsadlarda xorijiy kompaniyalarni jalb etish va malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda, maxsus davlat dasturlari, shuningdek, IT kompaniyalar uchun imtiyoz va preferensiyalar yo‘lga qo‘yilmoqda», deb ta’kidlangan materialda.

Nashrda xabar qilinishicha, mazkur jabhada 100 000 dan ortiq odam ishlaydi va bozor hajmi milliard dollarga yaqinlashmoqda. Yil oxiriga qadar IT xizmatlari eksporti hajmi 300 million dollarga yetishi kutilmoqda.

«Mamlakat bo‘ylab o‘n mingdan ortiq maktab yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan. English speaking nation va IT-nation loyihalari doirasida raqamli ta’lim ekotizimi shakllantirildi. Bu esa bolalarga maktabdan boshlab sohaga kirish imkonini bermoqda», - deb yozgan «Infozakon».

Mavzuga oid