Qaysi hududda sanoat korxonalari soni ko‘pligi va kamligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
O‘zbekistonda 2023 yilning 1 dekabr holatiga jami 71 110 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgan – 11 864 ta.
O‘z navbatida, eng kam sanoat korxonalari Sirdaryo viloyatida joylashgan– 1583 ta.
Ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Farg‘ona viloyatida – 8057 ta;
- Toshkent viloyatida – 7398 ta;
- Samarqand viloyatida – 6321 ta;
- Andijon viloyatida – 5614 ta;
- Namangan viloyatida – 5057 ta;
- Buxoro viloyatida – 4261 ta;
- Xorazm viloyatida – 4177 ta;
- Qashqadaryo viloyatida – 3990 ta;
- Qoraqalpog‘iston Resp – 3677 ta;
- Surxondaryo viloyatida – 3248 ta;
- Navoiy viloyatida – 3192 ta;
- Jizzax viloyatida – 2671 ta.