14:51 / 06.01.2024
5602

Estoniya prezidenti davlat mudofaa kengashi yig‘ilishini chaqirdi

Davlat mudofaa kengashida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, Estoniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi qadamlari va mamlakat chegaralari xavfsizligi masalalari muhokama qilinadi.

Foto: AP

Estoniya prezidenti Alar Karis 8 yanvar kuni davlat mudofaa kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi, unda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, Estoniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qadamlari va Estoniya chegaralari xavfsizligi muhokama qilinadi. Bu haqda 5 yanvar, juma kuni postimees.ee onlayn-nashri xabar berdi

Davlat mudofaa kengashi mamlakat prezidenti huzuridagi maslahat organi hisoblanadi. Uning tarkibiga Estoniya parlamenti - Riygikogu spikeri, mamlakat bosh vaziri, parlamentning mudofaa va tashqi ishlar bo‘yicha komissiyalari raislari, tashqi ishlar, mudofaa, moliya, ichki ishlar, adliya, iqtisodiyot va infratuzilma vazirlari hamda Mudofaa kuchlari qo‘mondoni kiradi. 

Kengash davlat mudofaasi uchun muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qiladi va o‘z fikrlarini bildiradi. 

Mavzuga oid
Top