14:12 / 07.01.2024
10572

Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2024 yil 1 yanvar kuni soat 19:30 larda Kichik halqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Matiz haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Matiz juda katta tezlikda harakatlanganini ko‘rish mumkin (ma’lumot uchun Toshkent shahrida maksimal tezlik soatiga 60 km etib belgilangan).

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top