10:03 / 10.01.2024
5599

Rossiyaning Oryol shahrida dronlar neft omboriga hujum qildi

Oryol viloyati gubernatori yonilg‘i-energetika obektiga ikkita dron qulagani haqida xabar berdi. Telegram-kanallari neft bazasiga qilingan hujum haqida yozmoqda.

Foto: Telegram / Astra

Rossiyaning Ukraina bilan chegarasidan qariyb 170 kilometr uzoqlikda joylashgan Oryol shahrida ikkita uchuvchisiz uchish apparati «yonilg‘i-energetika kompleksi obekti» ustiga quladi, dedi 9 yanvar, seshanba kuni Oryol viloyati gubernatori Andrey Klichkov. Yong‘in sodir bo‘ldi, u, Klichkov so‘zlariga ko‘ra, «zudlik bilan o‘chirildi». 

Biroz vaqt o‘tgach, Klichkov dronlar hujumi natijasida uch kishi jarohatlanganini qo‘shimcha qildi - ular o‘rtacha darajada jarohat olgan. Ulardan ikki nafari kasalxonaga yotishdan bosh tortgan. Gubernator, shuningdek, yana bir - uchinchi dron Oryol viloyati Malaya Saxanka qishlog‘i yaqinidagi noturar joyga qulaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar qayd etilmagan. 

OAV: neft ombori va energetika obekti hujum ostida 

Rossiyaning Mash va 112 Telegram-kanallari Ukraina kamikadze droni «Orelnefteprodukt» neft bazasiga hujum qilgani va yong‘in sodir bo‘lmagani haqida yozmoqda. Shot ma’lumotlariga ko‘ra, dron bo‘sh rezervuarga qulagan. Bundan tashqari, «Orelenergo» binosiga hujum uyushtirilgani aytilmoqda. U yerda, ochiq manbalarga ko‘ra, mahalliy energiya tizimining boshqaruv markazi joylashgan. 

Rossiya Mudofaa vazirligi 9 yanvar kuni tushdan keyin Kursk va Oryol viloyatlari uzra sakkizta Ukraina droni zararsizlantirilgani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, Rossiya harbiy idorasi havo hujumidan mudofaa vositalari bilan Bryansk viloyati uzra Ukraina uchuvchisiz uchog‘i yo‘q qilinganini bildirdi. Ukraina qurolli kuchlari bu ma’lumotga izoh bermadi. 

«Ukrainskaya pravda» va «RBK-Ukraina» manbalarining xabar berishicha, Oryolga uchuvchisiz uchoqlar hujumi Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi tomonidan Raqamli rivojlanish vazirligi va «Vernis jivym» jamg‘armasi ko‘magida uyushtirilgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top