13:14 / 13.01.2024
1802

O‘zbekistonda baholash hisobotlarini tekshirishda yangi qoidalar joriy etildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan baholash faoliyati sohasida xizmatlar sifatini oshirish, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmini rivojlantirish hamda ekspertiza jarayonlarini tartibga solish va raqamlashtirish maqsadida «Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida»gi qarorga o‘zgartirish kiritildi.

O‘zgarishlarga muvofiq:

  • baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligi faqat birinchi yoki oliy toifali baholovchilar jalb etilgan holda ekspertizadan o‘tkazilishi amalga oshiriladi;
  • 2024 yil 1 martdan boshlab baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari yuzasidan ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining «Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri»ga majburiy tartibda kiritiladi.

 
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2023 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top