08:13 / 18.01.2024
15957

O‘zbekistonda aholisi soni eng tez o‘sayotgan hududlar ma’lum qilindi

Toshkent shahri, Surxondaryo, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari aholisi tez o‘smoqda.

Foto: Kun.uz

2024 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 36,8 mln kishini tashkil etgan. 

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga ko‘paygan.

Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda - 2,9 foiz.

Undan keyingi o‘rinlarni doimiy aholi soni o‘sishi mos ravishda 2,5 foiz hamda 2,3 foizni tashkil etgan Surxondaryo viloyati va Namangan viloyati egalladi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Samarqand viloyati – 2,2 foiz;
  • Andijon viloyati – 2,2 foiz;
  • Jizzax viloyati – 2,2 foiz;
  • Qashqadaryo  viloyati – 2,2 foiz;
  • Farg‘ona viloyati – 2,1 foiz;
  • Navoiy viloyati – 1,9 foiz;
  • Sirdaryo viloyati – 1,9 foiz;
  • Toshkent viloyati – 1,9 foiz;
  • Xorazm viloyati – 1,9 foiz;
  • Buxoro viloyati – 1,7 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 1,3 foiz.
Top