10:04 / 19.01.2024
2799

Abdulaziz Komilov Bryusselda YeI bilan hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qildi 

Bryussel shahrida O‘zbekiston-Yevropa munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va mintaqaviy formatda amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Bryussel shahriga tashrifi davomida Yevropa komissiyasi prezidenti ijroiya apparatining siyosiy muvofiqlashtirish va boshqaruv bo‘yicha direktori Jivka Petkova bilan uchrashdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston–Yevropa munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va mintaqaviy formatda amaliy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar 2022 yil 6 iyulda parafirlangan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida «Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolashdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Suhbatdosh O‘zbekiston tomonining iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. U, shuningdek, O‘zbekistonning joriy yilda Samarqandda Xalqaro iqlim forumini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Muhim xomashyo sohasida, tegishli memorandum tuzish orqali o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning dolzarbligi ta’kidlandi.

Tomonlar ikki tomonlama va mintaqalararo xarakterdagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini ham muhokama qildi.

Mavzuga oid
Top