13:00 / 22.01.2024
1602

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Prezident qaroriga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining vazifalari belgilangan, shu jumladan:

  • davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi sifatida yagona siyosatni yuritish; 
  • davlat aktivlarini ochiq va shaffof xususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, xususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish;
  • davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va xususiylashtirish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish;
  • davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini isloh qilishda ishtirok etish va boshqalar.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni belgilaydi: 

  • agentlik maqomi va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari;
  • markaziy apparat va hududiy bo‘linmalarning majburiyatlari va mas’uliyati;
  • agentlik vakillarining asosiy funksional vazifalari va majburiyatlari;
  • agentlik faoliyati samaradorligi va mahsuldorligini baholash samaradorligining mezonlari va ko‘rsatkichlari.

Agentlik huzuridagi Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish markazi – davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish, ularni saqlash va samarali foydalanish bo‘yicha vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi, shu jumladan: 

  • ijaraga berishni tashkil etish, ijaraga berilgan davlat mulki obektlarini va ular bo‘yicha mablag‘larning hisobini yuritish;
  • davlat muassasalari (korxonalar)ga biriktirilgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;
  • ortiqcha qismini, shuningdek foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obektlarini olib qo‘yish.
Mavzuga oid
Top